Toshkent viloyatidagi bogʻcha bolalarining zaharlangani yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatidagi bogʻcha bolalarining zaharlangani yuzasidan 7 kishi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatidagi bogʻchalarda kuzatilgan ommaviy zaharlanishga oid jinoyat ishi tergovi doirasida 7 kishiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllandi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

 

 

Ta’kidlanishicha, ulardan 3 nafari ishlab chiruvchi korxonaning, yana 4 nafari bogʻchalarga oziq-ovqat yetkazib beruvchi autsorser firmalar mansabdorlari gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.

 

 

Jinoyat ishi tergovi viloyat IIBBdan Ichki ishlar vazirligiga oʻtkazilgan.

 

 

Avvalroq Sanepid bergan maʼlumotga koʻra, oʻtkir gastroenterit tashxisi qoʻyilgan bogʻcha tarbiyalanuvchilari soni 963 nafar boʻlib, hozirgacha ulardan 269 nafari sogʻaygan, yana 421 nafariga tuzalgani uchun bugun, 27-sentyabrda shifoxonadan uyiga javob berilishi kutilyapti. 13 bola oʻrtacha ogʻir ahvolda qolmoqda.