Aspire Leaders Program: talabalar va endi oliygohni bitirgan yoshlar uchun yetakchilikni rivojlantirish dasturi

Aspire Leaders Program: talabalar va endi oliygohni bitirgan yoshlar uchun yetakchilikni rivojlantirish dasturi

Aspire instituti butun dunyo bo‘ylab kam ta’minlangan oilalardan chiqqan talabalar va yaqinda oliygohni bitirgan yoshlar uchun Aspire Leaders Program dasturini taqdim etadi.

 

 

Dasturning asosiy maqsadi – yoshlarning salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ularni kelajakda o‘z iste’dodi va yetakchilik qobiliyati orqali jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shadigan shaxslar sifatida shakllantirish.

 

Dastur tuzilishi

 

Kurs to‘liq onlayn tarzda olib boriladi va uchta moduldan iborat:

 

 

1-modul: Shaxsiy va kasbiy rivojlanish (3 hafta)

 

2-modul: Aspire Horizons Course (5 hafta)

 

3-modul: Immersive Learning

 

 

Kursni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilar yosh liderlar, murabbiylar hamda ijtimoiy ta’sirni moliyalashtirish bo‘yicha global hamjamiyat a’zoligiga ega bo‘lishadi.

 

 

Hozirda dasturning 5-mavsumi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Dastur 2025-yil 15-oktyabr – 16-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

 

 Qatnashish shartlari:

 

– dasturda butun dunyodan talabalar va yaqinda bitirgan yoshlar qatnashishi mumkin;

 

– kam ta’minlangan oiladan bo‘lish yoki oilada birinchi bo‘lib oliy ta’lim olayotgan bo‘lish;

 

– nomzod 18–29 yosh oralig‘ida bo‘lishi va magistratura darajasiga ega bo‘lmagan bo‘lishi kerak;

 

– ingliz tilini intermediate darajada bilish kifoya (sertifikat talab qilinmaydi).

 

 

Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.

 

Dastur imkoniyatlari:

 

– dasturda bepul qatnashish imkoniyati;

 

– 3 bosqichli interaktiv onlayn kurs;

 

– global guruhlar o‘rtasida jonli muloqot;

 

– jahon darajasidagi pedagoglardan mahorat darslari;

 

– Garvard universiteti fakultetlari tomonidan ishlab chiqilgan kurs ishlari ustida ishlash imkoniyati.

 

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali ariza topshirishlari mumkin.

Kurs haqida qoʻshimcha maʼlumot olishni istaganlar ushbu havola orqali savol yoʻllashi mumkin.