Alisher Qodirov o‘qituvchilar uchun pensiya yoshini 50 yoshgacha tushirishni taklif qildi

Alisher Qodirov o‘qituvchilar uchun pensiya yoshini 50 yoshgacha tushirishni taklif qildi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov o‘qituvchilarning mehnati og‘irligini hisobga olib, ular uchun pensiya yoshini 50 yoshgacha tushirish taklifini ilgari surdi.

 

 

“50 yoshdan keyin o‘qituvchiga beraylik pensiya, dedik, aytdik. Nimaga? O‘qituvchi tamom bo‘ladi. “Lyotchikka”, maxsus xizmat xodimlariga 45 yoshdan keyin pensiyani berib yuborasiz. [Ijtimoiy agentlik, sizlarni qiziqtiradigan narsa]

Nimaga? Ular og‘ir sharoitda ishlagani uchun. Pedagog og‘ir sharoitda ishlamay­dimi? Pedagogga sharoitini yaratib bermagansiz. 50 ta bolani qarshisiga qo‘yib qo‘ygansiz. U uch yil yashaganda, 30 yil yashagandek bo‘ladi. Nimaga unga pensiya 50 yoshdan yo‘q?”

 

 

Qodirovning bu tashabbusi yangilik emas. U bundan avval ham pensiya yoshiga yetgan o‘qituvchilarning bolalar bilan ishlashini cheklash zarurligini ta’kidlagan. Uning fikricha, bunday choralar bolalar xavfsizligini ta’minlash bilan birga, ta’lim tizimida avlodlar almashinuvi va zamonaviy yondashuvlarning tezroq kirib kelishiga xizmat qiladi.

 

 

Shuni ham eslatib o‘tish kerakki, Mehnat kodeksiga ko‘ra, xodim pensiya yoshiga yetgani sababli ish beruvchi uning mehnat shartnomasini bekor qilishga haqli emas.