Super kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlandi

Super kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlandi

Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlangan bo’lib, tez orada e’lon qilinadi. Bu haqda Xushnudbek Xudoyberdiyev o’zining telegramdagi sahifasida xabar qildi. Ma’lumotlarga ko’ra, 6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi.

 

Eslatma o’rnida shuni aytib o’tish joizki, kecha qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun ham alohida qo’shimcha kvota ajratilgani haqida xabar bergan edik. Bunda ikkita toifa bor.

 

Birinchisi, 2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonida  o’qishdan yiqilgan qoraqalpog’istonlik abituriyentlar uchun 6 ming 500 ta to’lov-kontrakt asosida kvotalar ajratilishi belgilangan.

 

Ikkinchisi, 2025-yil 15-avgustdagi 248-sonli Prezident qarorida  davlat oliygohlariga davlat granti asosida 500 ta maqsadli kvota uchun, xususiy universitetlarga davlat granti asosida 200 ta maqsadli kvota ajratiladi. Ya’ni jami 700 ta maqsadli grant.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish