Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi 2024-yil 6-may kuni shifoxonada chaqaloq dunyoga keltirgan. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsada) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tamiz”, – deyiladi xabarda.