Shvetsiya maktablarida bolalarga mobil telefonlardan foydalanish butunlay taqiqlandi

Shvetsiya maktablarida bolalarga mobil telefonlardan foydalanish butunlay taqiqlandi

The Guardian nashrining xabar berishicha, Shvetsiya maktablarda bolalarning telefondan foydalanishiga umummilliy taqiq joriy etilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko’ra, gadjetlardan foydalanishning yangi qoidalari 2026-yil kuzida kuchga kiradi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ O‘qituvchilar 7-16 yoshli o‘quvchilarning telefonlarini dars boshlanishidan oldin yig‘ib olishlari va dars tugagandan so‘ng qaytarib berishlari shart bo‘ladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan asosiy maqsad bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning ta’lim jarayoniga jalb etilishini yaxshilashdan iborat.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ta’lim vaziri Simona Moxamssonning aytishicha, bu qaror Shvetsiya ta’lim tizimidagi so‘nggi 30 yil ichidagi eng keng qamrovli islohotlar paketining bir qismi bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ta`kidlanishicha, ko‘pchilik maktablarda bunday qoida allaqachon ichki nizomda mavjud, biroq bolalar maktabga bir nechta telefon olib kelish yoki uni uyda unutib qoldirganliklarini aytish orqali qoidalarni chetlab o‘tish yo‘llaridan foydalanmoqda.