Shvetsiya maktablarida bolalarga mobil telefonlardan foydalanish butunlay taqiqlandi

Shvetsiya maktablarida bolalarga mobil telefonlardan foydalanish butunlay taqiqlandi

The Guardian nashrining xabar berishicha, Shvetsiya maktablarda bolalarning telefondan foydalanishiga umummilliy taqiq joriy etilmoqda.

 

 

Unga ko’ra, gadjetlardan foydalanishning yangi qoidalari 2026-yil kuzida kuchga kiradi. O‘qituvchilar 7-16 yoshli o‘quvchilarning telefonlarini dars boshlanishidan oldin yig‘ib olishlari va dars tugagandan so‘ng qaytarib berishlari shart bo‘ladi.

 

 

Bundan asosiy maqsad bolalar xavfsizligini ta’minlash va ularning ta’lim jarayoniga jalb etilishini yaxshilashdan iborat.

 

 

Ta’lim vaziri Simona Moxamssonning aytishicha, bu qaror Shvetsiya ta’lim tizimidagi so‘nggi 30 yil ichidagi eng keng qamrovli islohotlar paketining bir qismi bo‘ladi. Ta`kidlanishicha, ko‘pchilik maktablarda bunday qoida allaqachon ichki nizomda mavjud, biroq bolalar maktabga bir nechta telefon olib kelish yoki uni uyda unutib qoldirganliklarini aytish orqali qoidalarni chetlab o‘tish yo‘llaridan foydalanmoqda.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish