Ta’lim sifati yuqori bo‘lgan maktab o‘qituvchilari 40 foizgacha ustama olishi mumkin – Hukumat qarori

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6 -maydagi 263-son qarori bilan Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy urta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisida NIZOM tasdiqlandi.

 

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etiladi.

 

Rahbariyati va oʻqituvchilari ragʻbatlantirishga tavsiya etilgan umumiy o’rta ta’lim maktablari roʻyxati har oʻquv yili yakunida eʼlon qilinadi hamda keyingi bir oʻquv yili davomida ushbu maktabning oʻqituvchilariga mazkur qarorga muvofiq rahbariyati hamda oʻqituvchilarning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama beriladi.

 

Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.

 

Qarorning to‘liq matni bilan tanishish

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры