2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻlishi qayd etildi

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻlishi qayd etildi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkazmoqda.

 

“Biz yoshlarimizni nafaqat zamon bilan hamnafas, balki kelajakka tayyor qilib tarbiyalashimiz kerak. Hech qachon unutmaylik, kelajak – zamonaviy bilimlar bilan qurollangan yangi kasb egalariniki boʻladi”,
– dedi davlatimiz rahbari.

 

Iqtisodiyotimizga yiliga 30-35 milliard dollar investitsiya, yangi yoʻnalishlar, zamonaviy texnologiyalar kirib kelyapti, minglab korxonalar ishga tushyapti. Shuning oʻzidan yiliga 250-300 ming atrofida yuqori daromadli ish oʻrinlari paydo boʻlyapti.

 

Bu joylar, eng avvalo, yoshlarimiz ishli boʻlishi uchun qoʻshimcha imkoniyat. Lekin ular zamonaviy texnologiya va xorijiy tillarni bilishi, kasbiy koʻnikma va malakaga ega boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.

 

2026-yil yoshlarni zamonaviy kasb-hunarga oʻrgatish yili boʻlishi qayd etildi.

 

Shu maqsadda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil qilinmoqda. Ushbu agentlik va hokimlarning asosiy vazifasi barcha 598 ta texnikumga yangi muhit olib kirish va xalqaro standartlarni joriy qilishdan iborat boʻladi.