Bakalavrni imtiyozli diplom bilan bitirgan pedagoglarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi beriladi

Bakalavrni imtiyozli diplom bilan bitirgan pedagoglarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi beriladi

Prezident pedagoglarni yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslarni ilgari surdi:

 

– yangi yildan boshlab kamida 15-yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi;

 

– kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi;

 

– oʻqituvchilar yangi taʼlim texnologiyalarini keng qoʻllashi uchun kompyuter xaridiga 10 million soʻmgacha imtiyozli kredit ajratiladi;

 

– kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi;

 

– fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinamiz. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi;

 

– bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;

 

– dunyodagi TOP-300 talik oliygohlarga oʻqishga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli taʼlim krediti ajratiladi;

 

– reytingda 100 talikka kirgan maktab va bogʻcha, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish uchun samolyot va poyezdlar chipta narxlariga 15-20 foiz chegirma beriladi.