G‘azo urushi sababli dunyo bo‘ylab ko‘plab universitet va ilmiy tashkilotlar Isroil akademik muassasalari bilan hamkorlikni to‘xtatmoqda. Bunga Isroilning falastinliklarga qarshi harakatlarida akademik doiralar ham aybdor degan e’tiroz sabab bo‘lmoqda.
So‘nggi yillarda Braziliya, Norvegiya, Belgiya, Ispaniya va Irlandiyadagi nufuzli oliygohlar Isroil universitetlari bilan ilmiy tadbir va dasturlarni bekor qilgan. Amsterdam universiteti Quddusdagi Yahudiy universiteti bilan talabalar almashinuvini to‘xtatgan.
Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar Isroil akademiyasi davlat siyosatini quvvatlayotganini aytib, universitetlarni hamkorlikdan voz kechishga chaqirmoqda. Biroq Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya oliygohlari esa akademik boykotga qarshi chiqmoqda. Ularning fikricha, bu ilmiy erkinlikka ziddir.
Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi Isroilni ilmiy hamkorlik dasturlaridan (Horizon Europe) qisman chiqarishni taklif qilgan. Bu Isroil ilm-faniga ajratilayotgan yirik mablag‘larning kamayishiga olib kelishi mumkin.
Yahudiy tadqiqotchilar orasida brain drain — ya’ni ilmiy kadrlarning mamlakatni tashlab chiqib ketishi xavfi ortib bormoqda. Britaniyadagi falastinlik jarroh, Glazgoning sobiq rektori G‘asson Abu-Sitta vaziyatga quyidagicha munosabat bildirmoqda:
“Akademik boykot Isroil hukumatini to‘xtatishga majbur qiluvchi kuchli vosita bo‘lishi mumkin”.
