Maktablarda o‘tkaziladigan fan olimpiadalari sanasi va tartibi e’lon qilindi

Maktablarda o‘tkaziladigan fan olimpiadalari sanasi va tartibi e’lon qilindi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 5-sentyabrdagi 02-35-2939-sonli xati va ilovasi e’lon qilindi.

 

 

Unga ko’ra, 2025-2026-o‘quv yilida o‘tkaziladigan olimpiada davlat va nodavlat umumiy o’rta tashkilotlarining 9-11-sinf o’quvchilari, akademik litsey va kasbiy ta’lim tashkilotlari 1-2-bosqich o’quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi. O‘quvchilar olimpiadada o‘z xohishlariga ko’ra, ixtiyoriy ishtirok etadilar.

 

O‘tkazilish tartibi

 

Olimpiada o‘tkaziladigan joy va muddatlari bo’yicha barcha o’quvchilar olimpiadadan kamida 3 kun oldin xabardor qilinadi. O‘quvchilarni olimpiada o‘tkazilishi haqida xabardor qilishni ta’minlashga ta’lim muassasasi direktori shaxsan mas’ul hisoblanadi.

 

 

Ayrim sabablarga ko’ra, belgilangan muddatda olimpiadada ishtirok etmagan o’quvchi uchun qayta olimpiada o’tkazish, olimpiadada ishtirok etmagan o’quvchini keyingi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etish mumkin emas.

 

 

Har bir fan va sinf kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 3 nafargacha g‘olib aniqlanadi va maktab pedagogik kengashining (yoki nodavlat ta’lim tashkiloti rahbarining) qarori bilan olimpiadaning keyingi bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

 

 

Olimpiada fanlar bo’yicha test topshiriqlari, yozma va amaliy ish shaklida tashkil qilinishi mumkin. Ishtirokchilar topshiriqlarni o‘zbek yoki rus tillarida bajarishlari mumkin. Chet tillar va qardosh tillar bundan mustasno.

 

 

Fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibi Faylni yuklash