Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayollarga jinsiy aloqa evaziga maktab direktori lavozimini taklif qilgan

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayollarga jinsiy aloqa evaziga maktab direktori lavozimini taklif qilgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi X.X. ga tegishli ekani aytilgan audio tarqaldi. Audioyozuvda amaldor qizlarga menejerlik sertifikatini olish va umumta’lim muassasasi direktori sifatida ishga joylashishda yordam berish evaziga u bilan jinsiy aloqa qilishni taklif qiladi.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirovaning ma’lum qilishicha, mazkur xodim egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.

 

 

«Ushbu vaziyat ishtirokchisi boʻlgan vazirlik xodimi lavozimidan ozod etilgan. Aytish lozimki, vazirlik sohaga doir korrupsion holatlar hamda manfaatlar toʻqnashuviga mutlaqo qarshi. Shuningdek, tizimda mehnat qilayotgan barcha xodimlarning kasbiy odob-axloq qoidalariga qatʼiy rioya etishi tarafdori.Shu kabi noqonuniy vaziyatlarga yoʻl qoʻygan xodimlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qatʼiy choralar koʻrilishi taʼminlanadi», – deyiladi matbuot xizmati xabarida.