Bog‘cha va maktablardagi 10 dan ortiq xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaygan

Bog‘cha va maktablardagi 10 dan ortiq xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaygan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi bo‘lib o‘tmoqda. Ta’kidlanishicha, bogʻcha va maktablardagi 10 dan ziyod xizmatlar raqamlashgani hisobiga sohada korrupsiya keskin kamaygan.

 

Shu bilan birga, maktablarga oʻquvchilarni qabul qilish, bogʻcha tarbiyalanuvchilari davomati haligacha raqamli platformaga toʻliq oʻtmagan.

 

Masalan, mikrohududlar aniq belgilanmagani uchun 144 ta tumandagi 8 mingta maktabda oʻquvchilar eskicha tartibda qabul qilinmoqda, bogʻchalarda xodimlar tabeli qogʻozda yuritilyapti.

 

Mutasaddilarga yil yakunigacha 144 ta tumandagi maktablarning mikrohududini aniq belgilash topshirildi. Keyingi oʻquv yiligacha maktab va bogʻchalardagi barcha xizmatlar toʻliq raqamli formatga oʻtishi shartligi qayd etildi.