Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari lavozimidan ozod etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi davom etmoqda.

 

“Toʻgʻri, maktabgacha va maktab taʼlimida oʻzgarishlar boʻlyapti, dasturlar ishlayapti, natijalar bor. Lekin kasb-hunar va oliy taʼlimga masʼul mutasaddilar haligacha taʼlimdagi islohotlar mazmunini toʻliq tushunib yetgani yoʻq”, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev

 

Shu bois, oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining barcha oʻrinbosarlari – birinchi oʻrinbosar Shoxruh Daliyev, oʻrinbosarlar Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonov ishdan olingani eʼlon qilindi.

 

Shuningdek, Prezident farmoni va qarori bilan Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Adxam Xudaykulov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Sharof Rajabbayev lavozimidan ozod etildi.