Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan Abu Ali ibn Sino maktab filiallari ochiladi

Tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan Abu Ali ibn Sino maktab filiallari ochiladi

Oʻzbekistonda tabiiy fanlar yoʻnalishida taʼlim sifatini oshirish maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiallari tashkil etiladi. Ushbu filiallar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritadi.

 

Toshkent shahrida joylashgan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab esa tabiiy fanlar boʻyicha tayanch maktab etib belgilanadi.

 

Yangi filiallarda rahbar va pedagog kadrlarni ishga qabul qilish tanlov asosida amalga oshiriladi. Qabul jarayoni 7-sinfdan boshlanadi.

 

Shuningdek, oʻquvchilar uchun turar joy bilan taʼminlash va autsorsing asosida bepul sogʻlom ovqatlantirish tashkil etilishi belgilangan.

 

Mazkur qaror tabiiy fanlarga ixtisoslashgan kadrlarni tayyorlashni yanada rivojlantirish hamda yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.