Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari qanday hisobga qo‘yiladi?

Agar talabalar uy-joylarni ijaraga olsalar, ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilishi lozim.

 

 

Buni

ijara.soliq.uz saytida;

Soliq mobil ilovasida amalga oshirish mumkin.

 

 

“Soliq” mobil ilovasining “Ijaraga berish” undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

 

 

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning JShShIR kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

 

 

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu maʼlumotlar Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, Soliq kodeksining 378-modda, 19¹-bandiga ko’ra, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan.