Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining hududiy bosqichi manzillarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 9-sentyabr kuni informatika va axborot texnologiyalari, 10-sentyabr kuni esa matematika va biologiya fanlaridan sinovlar bo‘lib o‘tadi. Matematika va biologiya fanlari bo‘yicha imtihonlar ikki smenada tashkil etilishi belgilangan.
Hududiy bosqich quyidagi manzillarda bo‘lib o‘tadi:
• Qoraqalpogʻiston Respublikasi – Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
• Andijon viloyati – Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
• Buxoro viloyati – Buxoro shahar 44-sonli maktab
• Farg‘ona viloyati – Farg‘ona shahar 28-sonli maktab
• Jizzax viloyati – Jizzax shahar 4-sonli maktab
• Namangan viloyati – Namangan shahar 15-sonli maktab
• Navoiy viloyati – “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Navoiy shahri
• Qashqadaryo viloyati – Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
• Samarqand viloyati – Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
• Sirdaryo viloyati – “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Guliston shahri
• Surxondaryo viloyati – Termiz shahar 26-sonli maktab
• Toshkent viloyati – Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi
• Toshkent shahri – Yashnobod tumani 255-sonli maktab
• Xorazm viloyati – Urganch shahar 17-sonli maktab
Ishtirokchilardan olimpiada boshlanishidan kamida bir soat oldin belgilangan manzilga yetib kelishlari so‘ralmoqda.
Eslatib o‘tamiz, olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi 22–23-avgust kunlari o‘tkazilgan edi. Ushu bosqich natijalari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:
