Pedagogning bahorgi attestatsiyada uzrli sabablarga koʻra ishtirok eta olmaganligi Nizomda belgilangan tartibga koʻra toʻgʻri rasmiylashtirilgan boʻlsa, yaʼni ish beruvchining bildirgisi mavjud boʻlib, pedagogning attestatsiya muddati kuzga koʻchirilgan boʻlsa, oʻsha murojaat va oʻsha toʻlov asosida kuzgi toifa testlarida ishtirok etishi mumkin.
Asos: Nizomning 45-bandiga koʻra, pedagog kadrlar attestatsiyada uzrli sababga (vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi, respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda boʻlganligi, yaqin qarindoshining vafoti, vakolatli davlat organi yoki taʼlim tashkilotlari rahbarlarining maʼlumotnomasida koʻrsatilgan boshqa asoslarga) koʻra kelmagan boʻlsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchiriladi.
Pedagog kadrlar uzrli sabablarga koʻra attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga koʻchirilgan taqdirda, yigʻim takroran undirilmaydi.
MMTVning 2025-yil 30-iyundagi 214-son buyrugʻining 6-ilovasida “Uzrli sabablarga koʻra attestatsiyada ishtirok etmagan pedagog kadrlar roʻyxati” tasdiqlangan.
Pedagoglar ro’yxati – Faylni yuklash
