11-sinf oʻquvchisi resurslarni tejaydigan “Aqlli issiqxona” qurilmasini ixtiro qildi

11-sinf oʻquvchisi resurslarni tejaydigan “Aqlli issiqxona” qurilmasini ixtiro qildi

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumanidagi 25-umumtaʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchisi Diyorbek Qoʻqonboyev zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnologiyalariga mos keluvchi “Aqlli issiqxona” qurilmasini ishlab chiqdi.

 

Ma’lum qilinishicha, uning qurilmasi tomchilab sugʻorish va oʻgʻit integratsiyasi asosida masofadan boshqarish tizimi joriy etilgan. Amaliy sinovlarda ushbu moslama kichik hajmda boʻlsa-da, 15 kg gacha hosil yetishtirish imkonini beradi.

 

Yosh muhandis oʻz qurilmasida “Kross F1” navli pomidor urugʻini ekib, yiliga ikki marotaba hosil olishga muvaffaq boʻlgan.

 

 

Hozirda u tumandagi tomat ishlab chiqaruvchi zavod bilan shartnoma asosida bir sotix maydonga pomidor ekib, 1,5 tonna hosil olish imkoniyatini sinab koʻrishni rejalashtirmoqda.