Tojikistonda talaba Range Rover’da universitetga kelgani uchun o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Tojikistonda talaba Range Rover’da universitetga kelgani uchun o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Dushanbeda Tojikiston Milliy universiteti talabasi shaxsiy avtomobili Range Roverda darslarga qatnagani sababkli intizomiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda Dushanbe shahri IIB xabar berdi.

 

Normativ-huquqiy hujjatlar va Tojikiston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, talabalar shaxsiy avtomobilda darslarga qatnashlari qat’iyan taqiqlanadi. Ammo ba’zi talabalar o‘zini ko‘rsatishga intilib, mazkur talabni ataylab e’tiborsiz qoldirishadi.

 

Sino tumani 2-son IIBning voyaga yetmaganlar va yoshlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan amaldagi qoidabuzarlik holati aniqlangan. Yuridik fakulteti 2-kurs talabasi Bahriev Fazliddin «Range Rover» rusumli avtomobilida darslarga kelgan.

 

Mazkur holat yuzasidan zaruriy hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rish uchun Ta’lim va fan vazirligi hamda Tojikiston Milliy universiteti rahbariyatiga yuborilgan.

 

Amaldagi qonunga muvofiq, shaxsiy avtomobilda darslarga kelgan talaba uch yil muddatga o‘qishdan chetlashtiriladi va o’qishni qayta tiklash huquqi yo’q.

 

IIV ta’lim muassasalarida o‘rnatilgan tartib va intizomga rioya qilish tartibni hamda barcha talabalar uchun teng sharoitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlagan.