Magistraturada tahsil olish bilan birgalikda pedagogik faoliyat bilan shug’ullanayotgan kadrlar ham 2025-yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyalarda oʻz ixtiyoriga koʻra ishtirok etishi mumkin.
Agar ishtirok etishsa, bu attestatsiya ular uchun navbatdan tashqari attestatsiya hisoblanadi. Bunday holatda past natija qayd etgan holatda ham ularga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.
Magistraturada o’qiyotganlik navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etib, toifa olishga toʻsqinliq qila olmaydi. Eslatma o’rnida shuni aytib o’tish joizki, magistr darajasiga ega boʻlganlarga attestatsiyasiz toʻgʻridan-toʻgʻri ikkinchi toifa beriladi.
Lekin, magistr darajasini olgunga qadar oʻz ixtiyoriga koʻra navbatdan tashqari (muddatidan ilgari) attestatsiyada ishtirok etib attestatsiya natijalari boʻyicha:
– 2025-yil avgust-dekabr oylarida ikkinchi
– 2026-yil yanvar-iyun oylarida birinchi
– 2026-yil avgust-dekabr oylarida oliy malaka toifalariga ega boʻlish mumkin!
