Koʻp uy mulkdorlari uyini ijaraga berish rasmiy shartnoma qilishni xohlashmaydi. Chunki bunday holatda ulardan daromad solig‘i undiriladi. Ammo mulkdor uyini talabalarga ijaraga berganda daromadi soliqdan ozod qilingan.
Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan soliq toʻlovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari daromad soligʻidan ozod qilingan.
Uyingizni talabalarga rasmiy shartnoma qilishdan qochmang, sababi talabalar siz bilan rasmiylashtirilgan shartnoma orqali ijara toʻlovining maʼlum qismini davlatdan kompensatsiya sifatida qaytarib oladilar.
