O‘zbekistonda ota-onalar farzandlarining muntazam ravishda maktabga qatnashini ta’minlashi shart. Qonunchilikka muvofiq, bola sababsiz dars qoldirsa, ota-onasi yoki qonuniy vakili javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida belgilanishicha, agar bola tizimli ravishda maktabga kelmasa yoki ta’lim olishiga to‘sqinlik qilinsa, ota-onaga 10 dan 15 baravargacha bazaviy hisoblash miqdori (BHM) miqdorida jarima solinadi. Bu hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, 4,12 million so‘mdan 6,18 million so‘mgacha bo‘ladi.
Agar ushbu qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, ota-onalarga yana shuncha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanadi.
Ushbu tartib bolalarning ta’lim olish huquqini himoya qilish, ularning maktabdagi davomatini ta’minlash va ota-onalarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan.
