Ta’lim sohasida eng nufuzli baholash tizimlaridan biri bo‘lgan QS World University Rankings 2026 natijalari e’lon qilindi. Mazkur reyting jahonning 1 500 dan ortiq universitetlarini qamrab olgan bo‘lib, unda ilmiy faoliyat, o‘quv dasturlari, professor-o‘qituvchilar salohiyati, xalqaro hamkorlik va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi muvaffaqiyati asosiy mezon sifatida hisobga olingan.
Massachusetts Institute of Technology (MIT) — yana bir bor dunyo universitetlari ichida birinchi o‘rinni egalladi. Imperial College London — ikkinchi pog‘onaga ko‘tarilib, o‘z ilmiy izlanishlari va texnologik innovatsiyalari bilan alohida e’tirof etildi. Oxford University va Harvard University esa kuchli beshlikni saqlab qoldi.
Quyida bu yilgi reytingdagi eng kuchli o’ntalik:
1. Massachusetts Institute of Technology (MIT) AQSh (Cambridge) 100
2. Imperial College London Buyuk Britaniya (London) 99.4
3. Stanford University AQSh (Stanford) 98.9
4 .University of Oxford Buyuk Britaniya (Oxford) 97.9
5. Harvard University AQSh (Cambridge) 97.7
6. University of Cambridge Buyuk Britaniya (Cambridge) 97.2
7. ETH Zurich Shveytsariya (Zürich) 96.7
8. National University of Singapore (NUS) Singapur 95.9
9. University College London (UCL) Buyuk Britaniya (London) 95.8
10. California Institute of Technology (Caltech) AQSh (Pasadena) 94.3
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu yilgi reytingda Yevropa universitetlari mavqei sezilarli darajada oshgan. Xususan, Germaniya va Niderlandiya oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyat hamda xalqaro hamkorlik mezonlarida yuqori ball to‘plagan.
QS reytingi dunyo talabalari uchun universitet tanlashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Reyting natijalari oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytiradi va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Eslatma! «QS World University Rankings 2026” natijalariga ko‘ra,O‘zbekiston ushbu reytingda ilk bor ishtirok etgan universitetlar soni bo‘yicha jahonning 9 ta mamlakati qatoridan joy olgan.
Reytingga kiritilgan O‘zbekiston OTM lari:
“TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti — 469-o‘rin (2025-yilda =547)
O‘zbekiston Milliy universiteti — 721–730 (2025-yilda 781-790)
Toshkent davlat texnika universiteti — 901–950 (ilk bor)
Samarqand davlat universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 1001–1200 (ilk bor)
Toshkent davlat transport universiteti — 1201–1400 (ilk bor)
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 1401+ (ilk bor)
O‘zbekistonning 4 ta oliygohi “Bitiruvchilar yutuqlari” indikatori bo‘yicha top-700 talikka kirgan:
Toshkent davlat texnika universiteti – 540-o‘rin
O‘zbekiston Milliy universiteti – 545-o‘rin
“TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 644-o‘rin
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 660-o‘rin
Ma’lumot uchun, ‘‘QS World University Rankings’’ – 2004-yildan beri e’lon qilib kelinayotgan, oliy ta’lim muassasalarini 9 ta global indikator asosida baholovchi eng obro‘li xalqaro reytinglardan biri hisoblanadi.
