“Yashil Kelajak” Eco-Camp oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

“Yashil Kelajak” Eco-Camp oromgohiga ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda

2025-yil 10–14-sentyabr kunlari Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan To‘dako‘l hududida “Yashil Kelajak” Eco-Camp oromgohi tashkil etiladi.

 

Mazkur oromgoh yoshlarning ekologiya sohasidagi muammolarga oid takliflari, innovatsion startaplari va ijtimoiy loyihalarini ilgari surish hamda ularni amalda qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyat yaratadi.

 

Ekologik yo‘nalishda g‘oya yoki kreativ qarashlarga ega bo‘lgan yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin. Ishtirokchilar 3 kishigacha bo‘lgan jamoa shaklida ariza topshirishlari lozim.

Ro‘yxatdan o‘tish va g‘oyangizni yuborish uchun quyidagi havola orqali kerakli bo‘limlarni to‘ldiring lozim – Ro’yxatdan o’tish

 

Arizalarni topshirish muddati — 2025-yil 5-sentyabrga qadar.