O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan chiqarilgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonga muvofiq, 2025-yil 1-sentyabrdan umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining oylik maoshi ko‘tarildi.
Unga ko’ra,
Direktorlarning maoshi — 20% ga,
Direktor o‘rinbosarlarining oyligi — 15% ga oshiriladi .
Mazkur oshirish natijasida rahbar xodimlar oylik maoshlari quyidagicha bo’lishi kutilmoqda:
– 400 nafargacha o‘quvchiga ega maktab direktori – 5 636 166 so‘m,
– 400 nafargacha o‘quvchiga ega direktor o‘rinbosari – 5 044 678 so‘m,
– 400 nafargacha o‘quvchiga ega xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar – 2 046 851 so‘m.
– 1600 nafardan ortiq o‘quvchiga ega maktab direktori – 6 750 472 so‘m,
– 1600 nafardan ortiq o‘quvchiga ega direktor o‘rinbosari – 6 115 586 so‘m,
– 1600 nafardan ortiq o‘quvchiga ega xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar – 2 629 414 so‘m.
Keyingi oylarda yana o‘sish kutilmoqda
2026-yil 1-yanvardan esa rahbar xodimlar KPI (faoliyat samaradorligi) asosida qo‘shimcha ustama oladi — direktorlar uchun 20%, o‘rinbosarlar uchun 10% miqdorida. O‘sha paytdagi taxminiy maoshlar quyidagicha:
Maktab direktori: 6,763,399 — 8,100,566 so‘m,
Direktor o‘rinbosarlari: 5,549,145 — 6,727,144 so‘m,
Xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosar: 2,251,536 — 2,892,355 so‘m .
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan rahbarlar uchun qo’shimcha ustamalar beriladi
2024-yil 1-sentyabrdan boshlab menejerlik sertifikatiga ega rahbarlar uchun oylik maoshga qo‘shimcha ustamalar joriy etilgan:
Direktorlarga – +50%,
O‘rinbosarlarga – +30% .
Bu shartlar asosida 2026-yil 1-yanvardan direktorlarning maoshi 10 million so‘mdan oshadi:
Maktab direktori: 10,145,098 — 12,150,849 so‘m,
Direktor o‘rinbosarlari: 7,213,888 — 8,745,287 so‘m .
Bog‘cha direktorlari uchun ham oshirishlar amalda joriy etiladi:
2025-yil 1-sentyabrdan boshlab bog‘cha direktorlariga beriladigan maosh:
I guruh: 5,625,394 so‘m,
II guruh: 5,317,901 so‘m,
Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan bog‘cha direktorlar uchun:
I guruh: 7,313,012 so‘m,
II guruh: 6,913,271 so‘m .
