Avval ChatGPT kabi sun’iy intellekt vositalari o‘quvchilar tomonidan asosan “cheating” (ya’ni topshiriqlarni oson yo‘l bilan bajarish) vositasi sifatida ishlatilgan bo‘lsa, bugun u o‘qituvchilar uchun samarali yordamchi sifatida tan olinmoqda.
So‘nggi tadqiqotlarga ko‘ra, AI vositalaridan foydalanayotgan o‘qituvchilar haftasiga o‘rtacha 6 soat vaqtni tejashmoqda. Sun’iy intellekt dars rejalari tuzishda, materiallarni qayta ishlashda va o‘quvchilarning individual qobiliyatlarini hisobga olishda yordam bermoqda.
Khan Academy tomonidan ishlab chiqilgan Khanmigo, Google’ning Gemini kabi AI vositalari keng tarqalmoqda. Ular ta’lim jarayonini samaraliroq qilish bilan birga, o‘qituvchilarga ko‘proq vaqtni o‘quvchilarning bevosita rivojlanishiga ajratish imkonini bermoqda.
Biroq ekspertlar ogohlantirmoqda: resurs yetishmovchiligi sabab texnologiyalarni joriy etish imkoniyati barcha maktablarda teng emas. Bu esa ta’limdagi ijtimoiy tafovutlarni yanada chuqurlashtirib yuborishi mumkin.
