Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Qoraqalgʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi
boshqarma boshliqlariga xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini olgan pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lab berilishi bo’yicha ko’rsatma xati berildi.
Keltirilishicha, Vazirlar Mahkamasining (17.09.2021 572-son) qarori bilan tasdiqlangan Nizomda attestatsiyada ishtirok etib, 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilanishi hamda ustamaning amal qilish muddati ikki yil bo‘lib, muddat tugallangandan so‘ng ustama uchun sinovlarda qayta ishtirok etish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shunga ko‘ra, joriy yilning yanvar-iyun oylarda o‘tkazilgan pedagog kadrlar attestatsiyasi natijalariga ko‘ra 4 199 nafar pedagog 86 va undan yuqori ball to‘plab oliy va birinchi malaka toifasiga ega (tasdiqlangan e’lon qilingan) bo‘lib, ularning bazaviy tarif stavkalariga qo‘shimcha 70 foiz ustama belgilandi.
Moliyaviy xato va kamchiliklarni oldini olish maqsadida ushbu natijaga erishgan pedagoglar faqat “ERP” dasturiy majmuasida shakllantirilib, ularga ilovadagi namunada ma’lumotnoma beriladi hamda “UzASBO-2” dasturiy majmuasiga integratsiya qilinib, ma’lumotnomaga ega xodimlarga qo‘shimcha ustama to‘lash imkoniyati yaratiladi.
