Yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiyalar 10 foiz oshirilgan miqdorda to‘lanadi

Yangi o‘quv yilidan boshlab stipendiyalar 10 foiz oshirilgan miqdorda to‘lanadi

Xabaringiz bor, Prezidentning joriy yilning 2-iyundagi PF-91-son farmoniga muvofiq, ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirilishi belgilangan.

 

 

Farmonga ko’ra, 2025-yil 1-avgustdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi.

 

 

Yaʼni, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori amaldagi 1 155 ming soʻmdan 1 271 ming soʻmga oshirilgan.

 

 

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablagʻlar Davlat budjeti hamda Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

 

Bundan tashqari, xususiy sektorda ishlovchi fuqarolarimizning ham toʻlov qobiliyatlarini ragʻbatlantirish uchun ish beruvchilarga ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorlarda toʻlash tavsiya etilmoqda.