Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi

Prezidentning farmoniga asosan, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab Taʼlim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan taʼlim kreditlari faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talabalarga ajratiladi.

 

 

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo’ladi. Super-kontraktni 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

 

 

Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o’qiydiganlarga beriladi.

 

 

Birinchi bosqich talabalari uchun ta’lim krediti bir yillik kontrakt summasigacha beriladi.

 

 

Ikkinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotgan talabalar uchun esa, agar fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. 3 va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida beriladi.

 

 

Kimlar ta’lim kreditini olmaydi?

 

Ta’lim krediti super-kontrakt asosida o‘qiyotganlar, shuningdek, kechkimasofaviy ta’lim shakllarida o‘qiyotgan talabalar uchun berilmaydi. Bundan tashqari, xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun ham ta’lim krediti ajratilmaydi. HEMIS dasturiga ulanmagan xususiy OTMlarning talabalariga ta’lim krediti berilmaydi.

 

Ariza berish tartibi

 

Ta’lim krediti olish uchun arizalar bankka to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilib yoki my.gov.uz orqali onlayn tarzda olish mumkin.

 

Bank tomonidan arizalar 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va kredit shartnomasi imzolanadi. Agar kredit rad etilsa, talabaga bu haqda sabab ko‘rsatilgan yozma javob beriladi.

 

 

Eslatib o’tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin.