Avvalroq, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi imtihon sanasi e’lon qilingan edi.
Bugun, 28-avgust kuni imtihonning yozma qismi bo’lib o’tadi.
Ma’lumot uchun, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 2 – 5-sentyabr va 8-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari).
Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.
Ruxsatnomada talabgorlar qachon, qayerda test sinovida ishtirok etishi ko‘rsatilgan bo‘lib, talabgorlardan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelish so‘raladi.
Talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan binolarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil avgust-sentyabr oylaridagi imtihonlar mavjud (eski) yozma topshiriq formati asosida o‘tkaziladi.
Izoh: Test sinovi natijalari hukumatning 73-son qaroriga muvofiq 15-sentyabrda e’lon qilinadi.
