Endi har dushanba bog‘cha va maktablarda “Kelajak soati” darslari o‘tiladi — vazir

Endi har dushanba bog‘cha va maktablarda “Kelajak soati” darslari o‘tiladi — vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgust kuni 308-son ‘‘Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida’’gi buyrug‘i qabul qilindi.

 

 

Unga ko’ra, yangi o‘quv yilidan boshlab “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

 

Barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.

 

 

Ushbu buyruq bilan:

 

1-ilova — Bog‘chalarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;

 

2-ilova — Maktablarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;

 

3-ilova — Maktab psixologining 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi;

 

4-ilova — Maktablar uchun “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular roʻyxati.

 

 

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi. Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish