Endi har dushanba bog‘cha va maktablarda “Kelajak soati” darslari o‘tiladi — vazir

Endi har dushanba bog‘cha va maktablarda “Kelajak soati” darslari o‘tiladi — vazir

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 25-avgust kuni 308-son ‘‘Maktabgacha va umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish toʻgʻrisida’’gi buyrug‘i qabul qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga ko’ra, yangi o‘quv yilidan boshlab “bog‘cha – maktab – oliy ta’lim” tizimida yagona g‘oyaviy tarbiya tizimi yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Barcha ta’lim tashkilotlarida haftaning har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilib, zarur qo‘llanmalar milliytarbiya.uz platformasi orqali yetkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Ushbu buyruq bilan:⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

1-ilova — Bog‘chalarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2-ilova — Maktablarda 2025-2026-oʻquv yilida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning namunaviy ish rejasi;⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

3-ilova — Maktab psixologining 2025-2026-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy ish rejasi;⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

4-ilova — Maktablar uchun “Kelajak soati” darslarining namunaviy mavzular roʻyxati.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul rahbar va pedagoglarni rag‘batlantirish maqsadida har o‘quv yilida “Milliy qadriyatlar targ‘ibotchisi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tanlov g‘oliblarini munosib rag‘batlantirish yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠