Statistika agentligi O‘zbekistonda 2024-yil yanvar–mart oylaridagi o‘rtacha oylik ish haqi bo‘yicha hisobotni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi bank sug‘urta lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 mln 228 ming so‘mni tashkil etgan.
Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 11 mln 732 ming so‘mni, tashish va saqlash sohasi 7 mln 360 ming so‘mni va sanoat sohasi 6 mln 104 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha
oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.
Ta’lim (3 mln 435 ming so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 mln 241ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Ta’lim sohasining asosiy tarmoqlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi oliy ta’limda (7 mln 874 ming so‘m), eng past ko‘rsatkich esa maktabgacha ta’limda (1 mln 840 ming so‘m) kuzatilgan.
Ta’lim sohasi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (5 mln 535 ming so‘m), Namangan (3 mln 441 8 ming so‘m) hamda Navoiy viloyatlarida (3 mln 387 ming so‘m) kuzatilgan.
Yuqori o‘sish sur’ati Toshkent shahrida (119,7 foiz), Farg‘ona (119,4 foiz), Andijon (118,2 foiz), Navoiy (118,1 foiz) hamda Samarqand (118,1 foiz) viloyatlarida qayd etilgan.