O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 28 ming nafar talabgor qatnashdi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 28 ming nafar talabgor qatnashdi

 

2025-yil 18–19-avgust kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish uchun test sinovlari o‘tkazildi.

 

Jarayonda 28 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi. Shuningdek, 30 nafar talabgor tartib-qoidani buzganligi sababli testdan chetlashtirildi.

 

18-avgust kuni o‘tkazilgan test natijalari bugun my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan talabgorlarning natijalari esa OTMlar tomonidan Bilimni baholash agentligiga ma’lumot taqdim etilgach, alohida e’lon qilinadi.