Joriy yilning 22-23-avgust kunlari biologiya, matematika hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan o‘qituvchilar olimpiadasining tuman (shahar) bosqichi o‘tkazilishi haqida xabar bergan edik.
Olimpiada jarayoni qanday o‘tadi?
Test sinovlarida o‘qituvchilarga 30 ta test topshiriqlari taqdim qilinadi,
Topshiriqlarni bajarish uchun 1 soat 30 daqiqa vaqt beriladi,
Test natijalariga ko‘ra, fanlar kesimida 5 nafardan g‘oliblar aniqlanadi va hududiy bosqichida ishtirok etish uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.
Ishtirokchilar olimpiada auditoriyasiga faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruchka bilan kirishlari lozim. Shuningdek, biologiya fani ishtirokchilariga o‘zlari bilan oddiy kalkulyator olib kirishlariga ruxsat beriladi.
Olimpiadaga telefon, ko‘chirma yozuv (shpargalka), ilmiy kalkulyatorlar va gadjetlar olib kirish qat’iyan taqiqlanadi.
Ma’lumot uchun, olimpiada oʻtkaziladigan vaqti va joyi haqidagi ma’lumotlar bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
