Abituriyentlarga beriladigan oltinchi imkoniyat joriy yildan kuchga kirishi aytilmoqda

Abituriyentlarga beriladigan oltinchi imkoniyat joriy yildan kuchga kirishi aytilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’limga oid videoselektorda abituriyentlarga oltinchi imkoniyatni berishni ilgari surgan edi. Tahririyatimizga usbu yangi tartib bo’yicha bir qancha savollar kelib tushmoqda. Quyida eng ko’p berilgan savollarga javob beramiz.

 

Ushbu tartibda qachondan boshlanadi?

 

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning xabar berishicha, bu tartib joriy 2025-yildan kuchga kiradi.

 

O’qishga qabul qilish tartibi qanday bo‘ladi?

Hozircha aniq tartibi tasdiqlanmagan. Oliy ta’lim, fan vainnovatsiyalar vazirligi mutaxassislarining ma’lum qilishicha, vazirlik bir nechta variant ustida ish olib bormoqda. Rasmiy tartib tasdiqlangach, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

 

Kimlar uchun?

Bu imkoniyatdan faqatgina tanlagan beshala yo‘nalishiga ham (na grant, na kontraktga) kira olmagan abituriyentlar foydalana olishi mumkin.  Agar abituriyent birorta yo‘nalishga qabul qilingan bo‘lsa, bu tartib o’qishgan kirganlar uchun amal qilmaydi.

 

Bu super-kontraktmi?

Yo‘q, bu super-kontrakt emas. Bu imkoniyat faqat kvotasi to‘lmay qolgan o‘rinlar hisobidan taqdim etiladi. Agar biror yo‘nalishda barcha o‘rinlar to‘lgan bo‘lsa, unga oltinchi yo‘nalish sifatida tanlov bo‘lmaydi.

 

Qaysi yo‘nalishni tanlash mumkin?

Oltinchi yo‘nalishni tanlashda abituriyentning fanlar majmuasi mos kelishi shart. Masalan, biologiya fanidan imtihon topshirgan abituriyent yurisprudensiya yo‘nalishini tanlay olmaydi.