Attestatsiya jarayonlariga doir muhim axborot

Ayni vaqtda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Sinovlarga kiruvchi har bir talabgor ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

 

Aytish lozimki, oʻz bilim va malakalariga tayangan holda berilgan topshiriqlarni imkon qadar bajarishga intilayotgan, yuqori ballarni qoʻlga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kun ortib borayotgani bizni xursand qiladi.

 

 

Ammo vaziyatga noxolis yondashgan holda, test sinovlarini turli qingʻir yoʻllar bilan bajarishga harakat qilayotgan nomzodlar ham afsuski, uchrab turibdi. Bu kabi ustozlarimiz test oʻtkazilayotgan binoga har xil qoʻshimcha buyumlar (telefon, ovoz yoki tasvir yozish uskunasi, matn)larni olib kirishga urinishmoqda.

 

Bunday yoʻl tutayotgan pedagoglar nazoratchilar tomonidan aniqlanib, oʻrnatilgan tartibda test sinovlaridan chetlashtirilmoqda. Joriy yilning 19-apreliga qadar 18 nafar bu kabi ishtirokchi pedagoglar sinovlardan chetlashtirildi va ularga nisbatan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

 

 

Hurmatli pedagoglar!

 

Test sinovlarining barcha jarayonlari: binoga kirish, belgilangan joyga oʻtirish, roʻyxatdan oʻtish, topshiriqlarni bajarish va hatto qaysi tomonga qarayotganingiz ham kuzatuv kameralari orqali sinchkov kuzatuvchilarimiz tomonidan nazorat qilinmoqda.

 

 

Shunday ekan, faqat va faqat oʻz bilimingizga tayangan holda, test sinovlarida ishtirok etishingizni soʻraymiz. Pedagog imidjiga xos boʻlmagan turli harakatlardan uzoq boʻling.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры