Xabaringiz bor, joriy yilning 19-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi.
Jumladan, nazorat sinovlari:
19-avgust kuni – tabiiy va aniq fanlar;
20-avgust kuni – filologiya va ijtimoiy yoʻnalishdagi fanlar va psixologlar;
21-avgust kuni – boshlangʻich taʼlim va amaliy fanlar boʻyicha oʻtkaziladi. Batafsil
Quyidagi ro‘yxatlar orqali kasbiy sertifikat olishga daʼvogar boʻlgan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotidagi stajyor-oʻqituvchilar yoki attestatsiyadan oʻta olmagan, mutaxassis (oliy maʼlumotli oʻqituvchi) lavozimiga muvofiq emas, deb topilgan pedagoglar test topshiradigan aniq sanasini, guruhini va vaqtini bilib olishlari mumkin!
Ma’lumot uchun: sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.
Eslatma: Nazorat sinovlarida ishtirok etish uchun talabgorlar belgilangan joyga kechikmagan holda Shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari talab qilinadi.
