O’qituvchilar kupyuralarda aks ettirilgan(mi)?

Buni qarangki, o’qituvchilar turli mamlakatlarning pul belgilarida keng aks ettirilgan ekan.

1. Yunonistonda Buyuk Iskandarning o’qituvchisi Aristotelning portreti tushirilgan 10 000 draxmadan iborat banknota 1947-yil muomalaga chiqarilgan

2. Armanistonda 1994-yil chiqarilgan 1000 dramlik banknotada arman tilshunosi, arman alifbosi yaratuvchisi, arman adabiyoti va yozuvi, milliy maktabi va pedagogik fikr asoschisi Mesrop Mashtots tasvirlangan.

3. Gollandiyada 1954-yil chiqarilgan 100 guldenlik banknotaga o’qituvchi va gumanist Rotasdamlik Erazmus surati tushirilgan.

4. Chexiyada 1993-yil chiqarilgan 200 kronlik banknotada taniqli o’qituvchi, gumanist va jamoat arbobi Yan Amos Komenskiyning portreti bor.

5. Shveytsariyada 1931-yil chiqarilgan 20 franklik banknotada bir nechta ta’lim maktablariga asos solgan va savodsizlikni yo’qotishga katta hissa qo’shgan inson Yoxann Pestalotszi surati tushirilgan.

6. Serbiyada 2006-yil chiqarilgan 10 dinarlik banknotada islohotchi, serbo-xorvat tili grammatikasi va lug’atining tuzuvchisi Karajich Vuk Stefanovich portreti tushirilgan.

7. Bolgariyada 1997-yil chiqarilgan 10 levalik kupyurada bolgar pedagogi, ensiklopedist Piter Beron tasvirlangan.

8. Estoniyada 1991-yil chiqarilgan 500 kronlik banknotada nemis tili va adabiyoti o’qituvchisi Karl Robert Yakobsonning portreti joylashtirilgan.

9. Italiyada 2003-yil chiqarilgan 1000 liralik kupyuraga italiyalik shifokor va oʻqituvchi Mariya Montessorining surati tushirilgan. U oʻzining nomi bilan atalgan bepul taʼlim gʻoyasiga asoslangan noyob taʼlim tizimi bilan tanilgan. Uning pedagogik tizimi hali ham dunyoning ko’plab davlat va xususiy maktablarida qo’llaniladi.

10. Nigeriyada 1979-yil chiqarilgan 10 nairalik kupyurada o’qituvchilar uyushmasining birinchi prezidenti, pedagog Alvan Ikokuning portreti aks etgan.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры