Kasbiy sertifikatlash sinovlarini fanlar kesimidagi o‘tkazish kunlari belgilandi

Kasbiy sertifikatlash sinovlarini fanlar kesimidagi o‘tkazish kunlari belgilandi

Xabaringiz bor, joriy yilning 19-21-avgust kunlari navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi.

 

 

Xususan;

 

 

➖Biologiya, Kimyo, Matematika, Fizika, Informatika va axborot texnologiyalari, Geografiya, Iqtisodiy bilim asoslari fanlari — 19-avgust kuni;

 

 

➖Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun), O‘zbek tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili (davlat tili), Qoraqalpoq tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirg‘iz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti, Rus tili (milliy maktablarda), Rus tili va adabiyoti, Ingliz tili (umumta’lim), Nemis tili (umumta’lim), Fransuz tili (umumta’lim), Koreys tili, Xitoy tili, Tarix, Tarbiya, Davlat va huquq asoslari fanlari hamda psixologlar uchun — 20-avgust kuni;

 

 

➖Boshlang‘ich ta‘lim, Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, Jismoniy tarbiya (umumta’lim), O‘qituvchi-defektolog (umumta’lim), O‘qituvchi-logoped (umumta’lim), Tasviriy san’at va chizmachilik, Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun), Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi – oʼgʼil bolalar uchun), Musiqa madaniyati fanlari — 21-avgust kuni tashkil etiladi.

 

 

Ma’lumot uchun: sinov jarayonlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi.

 

 

Eslatma: zaruriyatga ko‘ra, sinov kunlari va fanlariga o‘zgartirish kiritilishi mumkin.