9 ming nafar uyushmagan yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi va ish bilan ta’minlanadi

9 ming nafar uyushmagan yosh zamonaviy kasblarga o‘qitiladi va ish bilan ta’minlanadi

Davlatimiz rahbari uyushmagan yoshlar bilan ishlash masalasiga toʻxtalib oʻtdi. Shundan 115 ming nafarining bandligini taʼminlash masalasi vazirlik, viloyat va tuman rahbarlari tomonidan hal qilinmoqda. 52 ming tarbiyasi ogʻir yoshlar huquq-tartibot xodimlari tomonidan otaliqqa olingani ham natijasini koʻrsatdi.

 

Shu bilan birga, qolgan 5,5 ming ishsiz, 31 ming tarbiyasi ogʻir yoshlar va oʻqishdan chetlatilgan 3 ming talaba bilan tizimli ishlab, hayotda oʻz yoʻlini topishi uchun yordam berish kerakligi koʻrsatib oʻtildi.

 

Mutasaddilarga hokimlar, mahalla raislari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan birgalikda 9 ming uyushmagan va oʻqishdan chetlatilgan yoshni tadbirkorlik, xorijiy til va zamonaviy kasblarga oʻrgatib, ishli qilish topshirildi.

 

Masʼullar oldiga 31 ming tarbiyasi ogʻir yoshlarni kasb va til toʻgaraklari, sport musobaqalari, harbiy-vatanparvarlik tadbirlariga jalb qilish vazifasi qoʻyildi. Yigʻilishda mutasaddilarning hisobotlari tinglandi.