Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi

Ayrim pedagog kadrlarga malaka toifasi toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga ko’ra, ba’zi o‘qituvchilarga malaka toifasi attestatsiyadan o’tkazilmasdan to’g’ridan-to’g’ri beriladi.

 

 

Nizomning 8-bandiga ko’ra, quyidagi pedagog kadrlarga malaka toifasi (lavozim) toʻgʻridan-toʻgʻri (attestatsiyadan oʻtkazilmasdan) beriladi:

 

 

– Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan sport musobaqalarining:tuman (shahar) bosqichi gʻolib tarbiyalanuvchisini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

 

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolib tarbiyalanuvchisini (1-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

 

 

– xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolib va sovrindor tarbiyalanuvchisini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan maktabgacha taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya yoʻriqchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi);

 

 

– tuman (shahar) bosqichi gʻolib oʻquvchisini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — ikkinchi malaka toifasi (katta oʻqituvchi lavozimi);

 

 

– Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi gʻolib oʻquvchisini (1-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — birinchi malaka toifasi (yetakchi oʻqituvchi lavozimi);

 

 

– xalqaro hamda respublika bosqichi gʻolib va sovrindor oʻquvchisini (1 — 3-oʻrin) tayyorlagan taʼlim tashkilotlari jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilariga — oliy malaka toifasi (bosh oʻqituvchi lavozimi).