Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga koʻra, tugʻruq (dekret) taʼtilidagi oʻqituvchilar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi.
Ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq:
– homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
– homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
– pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar majburiy attestatsiyadan ozod qilinadilar.
Majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oʻqituvchilar faqat oʻz ixtiyorlariga koʻra navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etishlari mumkin.
