Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.
Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergelidagi, 277-o‘rta maktab 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktoriga 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar o‘qituvchi bolalar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.
Natijada o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo’shatildi.
Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.