O‘quvchilarni samorez va igna sanchib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

O‘quvchilarni samorez va igna sanchib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda «Toshkentdagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchilar qo‘liga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgayotgani haqidagi xabarlar tarqaldi.

 

O‘quvchilarni samorez va igna sanchib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

 

Holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergelidagi, 277-o‘rta maktab 1-“E” sinf o‘quvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktoriga 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.

 

O‘quvchilarni samorez va igna sanchib jazolagan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi

 

Murojaatda ota-onalar o‘qituvchi bolalar qo‘lining kaft qismini ustiga samorez va ignalar bilan sanchib turli jarohatlar yetkazganligi, go‘yoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirishgan.

 

Natijada o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan bo’shatildi.

 

Hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.