Davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirish 5-avgustgacha davom etadi

Davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirish 5-avgustgacha davom etadi

2025/2026 oʻquv yili uchun davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish uchun onlayn ariza yuborish 5-avgustgacha qabul qilinadi.

 

 

2025/2026 oʻquv yili uchun respublika davlat oliy taʻlim muassasalariga talabalar oʻqishini koʻchirish boʻyicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi:

 

 

2 ta uzrli sababga koʻra respublikaning bir davlat oliy taʻlim muassasasidan boshqa oliy taʻlim muassasasiga yoki bir oliy taʻlim muassasasi doirasida — “transfer.edu.uz”;

 

 

xorijiy va nodavlat oliy taʻlim muassasalaridan davlat oliy taʻlim muassasalarining mos va turdosh taʻlim yoʻnalishlariga — “my.uzbmb.uz”.

 

 

Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.

 

 

Prezidentning “Davlat oliy taʻlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, davlat oliy taʻlim muassasasining biridan boshqasiga talabalar oʻqishini koʻchirishga faqatgina quyidagi holatlarda ruxsat beriladi:

 

 

– talaba oila qurishi munosabati bilan turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi oliy taʻlim muassasasiga oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda;

 

 

– davlat organlarining xodimlari ish joyi oʻzgargan taqdirda uning turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandi oʻqishini koʻchirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

 

 

2025/2026-o‘quv yilida xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari:

 

Davlat OTMlariga oʻqishni koʻchirish uchun hujjat topshirish 5-avgustgacha davom etadi