Xabaringiz bor, joriy yilning 29-iyul kuni «Jasorat maktablari»ga kirish imtihon natijalari boʻyicha teng ball toʻplagan nomzodlar uchun jismoniy tayyorgarlik sinovlari boʻlib oʻtdi.
Mazkur sinovlar yakuniy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Izoh: roʻyxatdagi alohida rang belgilari quyidagi maʼnoni anglatadi:
yashil rang — oʻqishga qabul qilingan;
oq rang — oʻqishga kirishga tavsiya etilmagan.
Eslatma: ushbu natijalardan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga joriy yilning 1 — 3-avgust kunlari quyidagi tartibda ariza bilan murojaat etishlari mumkin.
Arizalar maktablar kesimida apellyatsiya.piima.uz havolasi orqali qabul qilinadi.
Arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida tashkil etilgan komissiya tomonidan (10 kalendar kun ichida) ko‘rib chiqiladi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad qilish toʻgʻrisida murojaatchiga xulosa beriladi.
