Xabaringiz bor, 2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etishi haqida xabar bergan edik.
Bugun 30-iyul davlat oliy ta’lim muassasalarida magistraturaga qabulning oxirgi kuni.
Qabul vaqti tugagunga qadar ya’ni bugun kechgacha topshirgan arizangizni tahrirlab qo’yishingiz mumkin. Batafsil
Buning uchun avvalo my.edu.uz platformasiga kirib, sahifangizga kirishingiz kerak. Ushbu oynaga kirgan vaqtingiz yuborgan arizangiz va uning holati ko’rinib turadi. Shu oynada “batafsil” so’zini ustiga bosib arizangizga kirasiz.
Keyin topshirgan arizangiz va sizning ma’lumotlaringiz chiqadi. Shu yerda arizangizni jarayonlarini ko’rsatib turgan bosqichlardan keyingi “tahrirlash” so’zini ustiga bosasiz. Undan so’ng kiritgan diplom ma’lumotlaringiz oynasi chiqadi. Bu oynada ma’lumotlaringizni tekshirib ishonch hosil qilgach, “davom ettirish” tugmasini bosasiz.
Keyingi oynada birinchi urinishda topshirgan oliy ta’lim muassasangiz va ta’lim shakli ma’lumotlari chiqadi. Shu oynada o’zingiz topshirmoqchi bo’lgan oliygohni va ta’lim shaklini ularning ustiga bosib qayta tanlashingiz mumkin.
Ariza topshirish bo‘yicha videoyo‘riqnoma
